Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonning yirik shaharlarida mehmonxonalar quradi

CC0 / pixabay / Administrator v gostinitse
Administrator v gostinitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi tomonidan 100 million dollar investitsiya kiritiladi. Uch-besh yil davomida 6-8 tagacha mehmonxonalar qurib bitkaziladi.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor Germaniyaning “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi mehmonxonalar tarmog‘i bo‘yicha xalqaro investitsiyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekistonga kiritadi. Mehmonxonalar tarmog‘ini qurish uchun “Best Western”xalqaro brend ostida qurilish ishlari olib boriladi.

“Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimiyatida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi rahbariyatini qabul qildi”, - deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Andijan  - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni kompaniyasi Andijonda tekstil korxonasi va mehmonxona quradi

Kompaniya O‘zbekiston mehmonxona bozoriga kirib kelib, eng yirik shaharlarda turistik mehmonxonalar quradi.

Xabarda aytilishicha, kompaniyaning maqsadi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xivaga mehmonxonalar tarmog‘ini kiritib, O‘zbekiston bozorini xalqaro darajadagi mehmonxonalar darajasiga olib chiqishdir.

O‘zbekistonga “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi tomonidan 100 million dollar investitsiya kiritiladi. Uch-besh yil davomida 6-8 tagacha mehmonxonalar qurib bitkaziladi.

 “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtgacha Germaniya, Avstriya, Chexiya va Gollandiya mamlakatlarida 34 ta mehmonxona qurgan. “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi qurgan va ta’mirlagan mehmonxonalar “Best Western” brendi ostida boshqariladi va xalqaro miqyosida shu nom bilan tan olingan.

Dunyo bo‘yicha “Best Western”kompaniyasiga qarashli korxonalar 420 tani tashkil etib, ular 100dan ortiq mamlakatda joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0