Yergeodezkadastr qo‘mitasi va TomTom sayyohlar uchun O‘zbekiston navigatsion xaritasini yaratadi

© Sputnik, Daut LoguaNavigator
Navigator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navigatsiya xaritasi sayohatchilarga yo‘l va sayyohlik belgilarini topishda, diqqatga sazovor joylar, mehmonxona va restoranlarga borish yo‘nalishini aniqlashda yordam berishi ko‘zda tutilmoqda.  

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Yergeodezkadastr qo‘mitasi va Gollandiyaning TomTom kompaniyasi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida maxalliy navigatsion xarita yaratish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Tomonlar smartfon, avtoulov navigatorlari, shaxsiy navigatorlar va veb-ilovalar uchun marshrutni rejalashtiruvchi navigatsiya xaritalarini yaratish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolashga, shuningdek qo‘mita xodimlarining salohiyatini oshirishga kelishib oldilar”, - deyiladi xabarda.

Navigatsiya xaritasi sayohatchilarga yo‘l va sayyohlik belgilarini topishda, diqqatga sazovor joylar, mehmonxona va restoranlarga borish yo‘nalishini aniqlashda, shuningdek, sayyohlik yo‘nalishlarini rejalashtirishda amaliy yordam berishi ko‘zda tutilmoqda.  
TomTom kompaniyasi yetakchi xalqaro brend bulib, kompaniya mahsulotlari kuniga 800 milliondan ortiq xaridor tashrif buyuradigan dunyoning turli bozorlarida sotiladi. Apple kompaniyasi TomTom xaritalarini o‘zining barcha mobil qurilmalariga o‘rnatilgan navigatsiya dasturida qo‘llash uchun tanlab olgan.
Yangiliklar lentasi
0