06:43 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Sanatoriy Zamin

Baxmal va Zomin ekologik turizm markaziga aylanadi

Foto iz arxiva Federatsii Profsoyuzov RUz
Turizm
Havola olish
Jizzaxdagi Xalqaro investitsion forum (8)
102120

Baxmal va Zominda turizm uch asosiy yoʻnalishda rivojlanadi: ekologik turizm, agroturizm va etnik turizm.

TOSHKENT, 2 sen - Sputnik. Jizzaxda boʻlib oʻtgan Xalqaro sarmoyaviy forumda viloyatning turistik potentsialini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Xususan, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarining ekoturistik salohiyati toʻlaligicha namoyish etildi. Xorijiy mehmonlar Sher buloq va Bobo-yongʻoq  kabi mahalliy diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishdi.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat va Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan loyihalar ham namoyish etildi. Taqdim etilgan loyihalar hududda turizmni uch asosiy yoʻnalishda rivojlantirishni nazarda tutgan: ekologik turizm, agroturizm va etnik turizm.

Baxmal va Zomin tumanlari hududlarida ushbu loyihalarni amalga oshirishda kerak boʻladigan infratuzilmalarni barpo etish uchun yer maydonlari ajratishga qaror qilindi.

Masalan, 2 ming gektar yer maydoni ekoturizmni rivojlantirish uchun ajratiladi. Loyiha doirasida ushbu hududda ekologik soʻqmoqlar tashkil qilish, ot, eshak va kvadrotsiklda sayr qilish, funikulerlar qurish, togʻ changʻisi majmuasi, restoran hamda axborot markazi, muzey va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish doʻkonlari barpo etish rejalashtirilgan.

5 ming gektar yer agroturizm uchun  ajratiladi. Ushbu  maydonda dam olish uylari, sport majmualari, kamyob hayvonot va oʻsimlik turlarini saqlash uchun pitomniklar quriladi. Shuningdek, molxonalar hamda asal yetishtirish xoʻjaliklari tashkil etiladi. Bu yerda sayyohlar tuyalarda sayr qilish, koʻpkari oʻyinini tomosha qilish, meva terish, oʻt oʻrish kabi qishloq xoʻjalik ishlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planami po kompleksnomu razvitiyu goroda Zarafshana
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Etno turistik hududni rivojlantirish uchun zamonaviy mehmonxonalar, bolalar dam olish maskanlari, kempinglar, havo sharlarida uchish markazlari quriladi. Ushbu yoʻnalishda kelgan sayyohlar qishloq joylarni, tarxiy va madaniy yodgorliklarni, tabiat yodgorliklarini, arxeologik obʼyektlarni, milliy urf-odatlarni tomosha qilish imkoniga ega boʻlishadi. Shuningdek, sayyohlar milliy hunarmandchilik va milliy taomlar sirlarini oʻrganish imkoniga ega boʻladilar.

Jizzax viloyatining turistik salohiyatini rivojlantirish mahalliy, hududiy va xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan.

“Bu Oʻrta Osiyoda AQShning “Yellouston” va “Grand-Kanon” milliy parklari namunasida qurilgan yagona loyiha boʻladi”, - dedi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev, Davlat Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

“Yellouston” milliy bogʻiga yiliga 20 million sayyoh tashrif buyuradi. Zominga boʻlsa bugungi kunda 50-100 ming kishi tashrif buyuradi. Shuning uchun ham biz Jizzax viloyati hokimiyati bilan Baxmal va Zomin tumanlari turistik klasterini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqdik – deb soʻzini davom ettirdi Turizm qoʻzmitasi vakili.

Ushbu loyihalardan asosiy 2ta maqsad koʻzlangan: hudud ekoturistik holatini kerakli darajada saqlab qolish hamda va aholini barqaror daromad bilan taʼminlashdir.

Mavzu:
Jizzaxdagi Xalqaro investitsion forum (8)

Asosiy mavzular