05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Dom dlya turistov

Oʻzbekistonda kichik mehmonxonalar qurish boʻyicha qaror loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Turizm
Havola olish
41110

Qaror loyihasida birinchi va ikkinchi bosqichda, yaʼni 2018-2022 yillarda kichik mehmonxonalar quriladigan tuman va shaharlar roʻyxati berilgan.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Ushbu qaror loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan.

Qaror loyihasida aytilishicha, mamlakatda turistlar oqimini yanada koʻpaytirish uchun bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Ular hal etilsa turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish yoʻlida mavjud toʻsiqlarni olib tashlaydi va mamlakatga investitsiya jalb qiladi.

Qaror loyihasida respublika viloyatlarining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, mehmonxona xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish, mehmonxona sektoriga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qator vazifalar belgilangan.

Shuningdek, qaror loyihasida birinchi va ikkinchi bosqichda, yaʼni 2018-2022 yillarda kichik mehmonxonalar quriladigan tuman va shaharlar roʻyxati berilgan.

Sanatoriy Zamin
Foto iz arxiva Federatsii Profsoyuzov RUz

Kichik mehmonxonalarni qurish uchun yer uchastkalarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom va chizmasi ilova qilingan.

Shu bilan birga, qaror loyihasida kichik mehmonxonalarni qurish uchun investor-tadbirkorlarga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika ishchi guruh tarkibini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Ushbu ishchi guruhning asosiy vazifalari sanab oʻtilgan:

- kichik mehmonxonalarni qurish uchun yer uchastkalarini taqdim etish masalasini tezkorlik bilan kelishish va tasdiqlash;

- kichik mehmonxonalarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarini hal qilishda amaliy yordam koʻrsatish borasida vazirlik, idora, davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kichik mehmonxonalarni qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, byurokratik holatlarni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralarni amalga oshirish;

- kichik mehmonxonalar qurilishi uchun investitsiyalarni jalb etilishini taʼminlash;

- kichik mehmonxonalarni qurish boʻyicha investitsiya takliflarini amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha tezkorlik bilan hal qilish;

- kichik mehmonxonalarni qurilishini tizimli va sifatli monitoringi amalga oshirish.

Qaror loyihasi 28 sentyabrgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular