O‘zbekistondan Fransiyaga avia parvozlar soni ko‘paydi

© REUTERS / Philippe WojazerEyfeleva bashnya
Eyfeleva bashnya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda Toshkentda Fransiya poytaxtiga haftasiga ikki marta parvoz amalga oshiriladi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari" 2018-yil 30-oktabrdan Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uchrashuvi. - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya tashrifi - eng qiziqarli foto-suratlar

Parvozlar seshanba va juma kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

HY-251: Toshkent 14:30 – Parij  17:40;

HY-252: Parij 19:10 – Toshkent 06:00.

Ikki tomonga aviachiptaning narxi 508,50 yevrodan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti imzolagan farmonga muvofiq 5-oktabrdan Fransiya fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirgandi.

Bu qaror O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida o‘zaro madaniy, ilmiy va ta’lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0