Irkutsk–Farg‘ona va Novosibirsk–Namangan parvozlari yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii S7 Airlines na vzletno-posadochnoy polose
Samolet aviakompanii S7 Airlines na vzletno-posadochnoy polose - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekiston bozoriga faol kirib kelmoqda: 2018-yil dekabrdan boshlab “Irkutsk – Farg‘ona” va  “Novosibirsk – Namangan” parvozlari yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiyaning "IrAero" aviakompaniyasi 18-dekabrdan boshlab Irkutskdan Farg‘onaga to‘g‘ridan - to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Parvozlar quyidagi jdval bo‘yicha amalga oshiriladi:

RD-251: Irkutsk  – Farg‘ona 08:50 - 09:30
RD-252: Fag‘ona – Irkutsk 10:30 - 17:10

Qatnovlar haftada bir marotaba – seshanba kunlari, Superjet100 samolyotida amalga oshiriladi. Uchish vaqti 3 soatu 40 daqiqani, chiptalar narxi 15 550 rublni tashkil qiladi.

Rossiyaning yana bir aviakompaniyasi - S7 Airlines 4-dekabrdan boshlab Novosibirskdan Namanganga to‘g‘ridan – to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

 

Novosibirsk – Namangan 13:55 – 14:55

Namangan – Novosibirsk 16:25 – 21:20

Parvozlar haftada bir marotaba – seshanba kunlari Airbus 320 samolyotida amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 12 226 rublni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz bugungi kunda S7 Airlines Novosibirskdan Toshkentga va Farg‘onaga parvozlar amalga oshirib kelmoqda. Kelasi yildan Buxoroga parvozlarni yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0