01:56 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Turizm
Havola olish
429 0 0

Frantsiyaning TV5 Monde telekanali orqali Xiva haqida videorolik namoyish qilindi.

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Frantsiyaning TV5 Monde teleradiokanali orqali Xiva tarixi haqida videorolik namoyish qilinmoqda.

Bu kichik filmni Bandua-communications Unipessoal Lda media kompaniya xodimlari tasvirga olishdi. Turizmni rivojlantirish qoʻmitasida taʼkidlanishicha, bunday lavhalar respublikaga sayohlar oqimini koʻpayishiga koʻmaklashadi.

Shu yil 30 noyabrda prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, Xiva shahrining tarixiy qismini rejalashtirishga oid loyihalar bilan tanishgandi.

"Biz chet ellik turistlarni qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin Xorazmning, Xivaning tarixi toʻliq oʻrganilmagan, uni tanishtirish boʻyicha tizim ham yoʻq. Shuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan boshlab yilma-yil oʻrganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yoʻlga qoʻyish kerak. Muhim davrlar va voqealar, har bir xon hayoti boʻyicha shou-rumlar tashkil etib, sayyohlarni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu yerda koʻproq qolib vaqtini mazmunli oʻtkazsin", - dedi Mirziyoyev.

Asosiy mavzular