00:30 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
366 0 0

Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

TOSHKENT, 6 yanv  — Sputnik. Oʻzbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Farmonga muvofiq:

· 2019 yil 1 fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar roʻyxati kengaytiriladi;

· 2019 yil 15 martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qoʻshimcha vizalar toifasi joriy qilinadi.

Farmonga koʻra, 2019 yilning 1 fevralidan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.

Quyida ushbu davlatlar roʻyxati keltirilgan:

1. Avstraliya

2. Avstriya

3. Argentina

4. Bosniya va Gertsegovina

5. Vatikan

6. Lyuksemburg

7. Vengriya

8. Bruney-Darussalam

9. Gretsiya

10. Irlandiya

11. Islandiya

12. Italiya

13. Kanada

14. Andorra

15. Lixtenshteyn

16. Monako

17. Belgiya

18. Daniya

19. Ispaniya

20. Niderlandiya

21. Norvegiya

22. Shvetsiya

23. Latviya

24. Litva

25. Mongoliya

26. Yangi Zelandiya

27. Portugaliya

28. Bolgariya

29. Kipr Respublikasi

30. Malta

31. Polsha

32. San-Marino

33. Serbiya

34. Sloveniya

35. Xorvatiya

36. Chili

37. Ruminiya

38. Slovakiya

39. Buyuk Britaniya

40. Braziliya

41. Finlyandiya

42. Chernogoriya

43. Chexiya

44. Shveytsariya

45. Estoniya

Asosiy mavzular