22:16 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Muftiy malaziyskogo shtata Perlis Moxd Asri Bin Zaynul Abidin naznachen poslom ziyorat-turizma Uzbekistana

Malayziya muftiysi Oʻzbekistonning ziyorat turizmi boʻyicha elchisiga aylandi

© MID Uzbekistana
Turizm
Havola olish
135 0 0

Elchi Facebook᾽da 1,1 milliondan ortiq obunachilarga ega va ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda sayyohlarni Oʻzbekistonga tashrif buyurishga undamoqda.

TOSHKENT, 25 fev - Sputnik. Oʻzbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri bin Zaynul Abidin Oʻzbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

2019 yil 21−23 fevral kunlari Buxoroda oʻtkazilgan Birinchi xalqaro ziyorat turizmi boʻyicha forumda Oʻzbekiston tarixida birinchi marta unga elchilik sertifikati taqdim etildi.

Faxriy elchi ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonni sayyohlar uchun jozibali yoʻnalish sifatida faol ravishda targʻib etmoqda, shuningdek, Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlik guruhlariga malayziyalik islom olimlarni doimiy ravishda jalb qilish boʻyicha ish olib bormoqda.

Asosiy mavzular