13:32 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Kompleks staroy kreposti Kunya Ark

"Maftun boʻldim": koreyalik jurnalist Oʻzbekiston haqida kitob yozdi

© Sputnik / Utarbekov
Turizm
Havola olish
30130

Kitob muallifi Chve Xi Yong Koreyaning Oʻzbekiston haqidagi "UzKor Economy" jurnali jurnalistidir

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Koreyada Oʻzbekistonga sayohat qilish haqidagi 464-sahifali qalin kitob chop etildi. Kitob Oʻzbekistonga maftun boʻldim deb nomlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Kitob muallifi Chve Xi Yong Koreyaning Oʻzbekiston haqidagi "UzKor Economy" jurnali jurnalistidir.

U 2018 yil davomida Oʻzbekistonga 6 marotaba sayohat qildi va Koreya kitobxon ommasiga Oʻzbekistonni keng yoritish maqsadida ushbu kitobni yozgan.

Kitobning prolog qismida Oʻzbekistonda 2018 yilning fevral oyida joriy qilingan vizasiz tashrif tizimi turizm sohasida yuz bergan eng soʻnggi yangilik va oʻzgarishlar keltirilgan.

Birinchi bob Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Shahrisabz, Fargʻona, Termiz kabi Oʻzbekistonning asosiy tarixiy turistik shaharlaridagi eʼtiborga sazovor joylar bilan tanishishga bagʻishlangan.

Ikkinchi qismida prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga boʻlgan rasmiy tashrifidan keyingi ikki mamlakat doiralarining sayohatlari haqida batafsil hikoya qilinadi.

V Koreye opublikovan bolshoy putevoditel po Uzbekistanu
© Foto : UzKor Economy
V Koreye opublikovan bolshoy putevoditel po Uzbekistanu

Asosiy mavzular