02:12 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Turist fotografiruyet

Qashqadaryo viloyatida Amir Temur lashkarlari tayyorlov lageri paydo boʻladi

© Flickr
Turizm
Havola olish
31110

Qashqadaryo viloyatida ishbilarmonlik, ekstremal va ekologik turizm yoʻnalishlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Amir Temur qoʻshinlari tayyorlov lageri paydo boʻladi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi "Qashqadaryo viloyatining turistik salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi" Hukumat qaroriga tayangan holda.

Hujjatga muvofiq, Gilan va Kul qishloqlarida etnoturizm rivojlantiriladi, har birida 5tadan mehmon uylari bunyod etiladi.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida esa agroturizmni rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bu yerda shuningdek, "Anor" festivali oʻtkaziladi.

Tatar, Zarmast va Vari qishloqlari esa ekstremal turizmga ixtisoslashtiriladi. Ularning har birida 5tadan mehmon uylari, kempinglar va yurtalar quriladi.

Shuningdek, sarkarda Amir Temur qoʻshinlari harbiy tayyorgarlik lageri aks ettiriladigan etnoqishloq bunyod etiladi.

Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida ekologik turizm yoʻlga qoʻyiladi, Kitobdagi kenglik stantsiyasi hududida esa astronomik turizm rivojlantiriladi.

"Festivallar shahri" brendi ostida ishbilarmonlik turizmi - MICE-turizm yoʻnalishi ochiladi. Turizmning bu yoʻnalishi turli korporativ tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan boʻladi. Ushbu yoʻnalish doirasida Amir Temurning bunyodkorlik mahoratiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman va seminarlar oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular