03:47 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V Mejdunarodnom aeroportu Tashkenta ustanovlen pervыy Informatsionno-turisticheskiy tsentr

Toshkent aeroportida turizm axborot markazi ishga tushdi

© Press-slujba Goskomturizma Respubliki Uzbekistan
Turizm
Havola olish
58 0 0

Toshkent aeroportida sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi axborot-turizm markazi ochildi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Kecha 12-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida xorijlik sayyohlarga xizmat koʻrsatish uchun mamlakatdagi birinchi axborot-turizm markazi (stendi) ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston turizm qoʻmitasi.

Axborot-turizm markazining asosiy vazifasi – chet ellik mehmonlarning mamlakatga tashrifi qulay oʻtishi uchun barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishdir. Shuningdek, bu yerda mehmonlarga taksi, mehmonxona bron qilish, transfer, turistik sim-kartalar, axborot-turistik materiallar olish kabi xizmat turlari taqdim etiladi.

Axborot-turizm stendi 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasida mamlakatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida amalga oshirlgan.

Axborot markazini Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari v.b. Ulugʻbek Qosimxoʻjayev ochib berdi va ochilish marosimida jurnalistlarga ushbu tadbirning ahamiyati hamda axborot markazlarini hali butun Respublika boʻylab oʻrnatish rejalashtirilgani haqida maʼlum qildi.

Asosiy mavzular