08:57 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Yuriy Stoyanov

Yuriy Stoyanov Oʻzbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi

Sputnik
Turizm
Havola olish
207 0 0

Yuriy Stoyanov – Oʻzbekiston uchun tasodifiy inson emas. Uning onasi Yevgeniya Leonidovna Ulugʻ Vatan urushi yillarida Toshkentga evakuatsiya qilingan kishilardan biri edi.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya xalq artisti, aktyor, rejissyor Yuriy Stoyanov Oʻzbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Yangi elchini tanishtirish marosimi Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasida boʻlib oʻtdi.

Yuriy Stoyanov – Oʻzbekiston uchun tasodifiy inson emas. Uning onasi Yevgeniya Leonidovna Ulugʻ Vatan urushi yillarida Toshkentga evakuatsiya qilingan kishilardan biri edi. Artist uni va onasi oʻlimdan qutqarib qolgan bu shahardan minnatdor ekanligini tan oldi. 2018 yilning yoz oyida Stoyanov Toshkentda katta kontsert berdi. Shuningdek, uning onasi ishlagan va istiqomat qilgan yerlarni borib koʻrdi.

Yuriy Stoyanov soʻzlagan nutqida unga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlichk izhor etib, doʻstlarni qadrlashga chaqirdi.

“Bizning hamkorlarimiz juda koʻp, lekin, kelinglar doʻstlarni qadrlaylik. Men toʻplamda nima uchun Oʻzbekistonga sayohat qilish kerak boʻlgan 100 ta sabablarni oʻqidim. U yerda asosiy sabab koʻrsatilmagan. Oʻzbekistonga shunchaki mehmondorchilikka emas, balki doʻstlarning oldiga borish kerak. Oʻzbek xalqining noyob xislati - bu mehmonga boʻlgan samimiy gʻamxoʻrlik”, - dedi Stoyanov.

Elchixonadagi tadbir davomida mamlakat elchisi Botirjon Asadov soʻnggi paytlar turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib berdi.

Shuningdek, jurnalistlar va turistik biznes vakillariga yangi TopTripTrip Uzbekistan mobil ilova namoyish etildi. Ushbu ilova mamlakat mehmonlariga diqqatga sazovor boʻlgan joylar haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi.

Asosiy mavzular