21:46 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Modelyer Ritu Beri stala poslom turizma Uzbekistana v Indii

Mashhur hind dizayneri Oʻzbekistonning Hindistondagi turizm elchisi etib tayinlandi

© Press-slujba Goskomturizma Respubliki Uzbekistan
Turizm
Havola olish
165 0 0

Ritu Berining liboslarini jahonga mashhur kino yulduzlari, jumladan, Nikol Kidman, Letitsiya Kasta, Madhuri Dikshit kiyishadi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Taniqli hind dizayneri, shaxsiy brend asoschisi Ritu Beri Oʻzbekistonning Hindistondagi madaniyat turizmi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Dehli shahrida boʻlib oʻtgan "Oʻzbek musiqa va modasi festivali"da maʼlum qilindi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Ritu Beri (@rituberi)

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ritu Berini koʻpincha “Moda malikasi” va “Hindiston modasi birinchi xonimi” deya eʼtirof etishadi. U Parijda oʻz kollektsiyasini namoyish qilgan ilk hind dizayneri hisoblanadi. Ritu Berining liboslarini jahonga mashhur kino yulduzlari, jumladan, Nikol Kidman, Letitsiya Kasta, Madhuri Dikshit kiyishadi.

Dehlida boʻlib oʻtgan festivalda u anʼanaviy oʻzbek liboslari uslublaridan foydalanib, ushbu tadbir uchun maxsus tayyorlangan kiyimlar toʻplamini namoyish etdi.

Ritu Beri oʻziga bildirilgan bunday yuksak ishonch uchun Oʻzbekiston tomoniga chuqur minnatdorlik izhor etdi va Hindistonda Oʻzbekistonning madaniy va turistik salohiyatini targʻib qilish uchun astoydil harakat qilishga vaʼda berdi.

“Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, Oʻzbekiston va Hindistonni madaniyat va sanʼat umumiyligi bogʻlab turadi. Mamlakatlarimiz azaldan yaqin doʻstona munosabatlarda boʻlgan. Festival tashkilotchilari qatorida qatnashish men uchun katta sharaf”, - dedi Ritu Beri.

Uning fikricha, Oʻzbekiston va Hindiston madaniyatlarining yaqinligi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim omildir. 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Tashkent Fashion Week-2018 moda haftaligida Oʻzbekiston prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva va dizayner Ritu Beri uchrashgan edi. Hindistonlik dizayner Ziroatxon Mirziyoyevaning didiga qoyil qolib, Instagramdagi sahifasida u bilan birga tushgan suratni joylashtirgan edi.

Asosiy mavzular