O‘zbekiston JAR, Eron va Gonkong fuqarolari uchun viza shartlarini soddalashtirdi

© Sputnik / Andrey Alexandrov / Mediabankka o‘tishRabota tamojennoy slujbi
Rabota tamojennoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JAR, Eron va Gonkong fuqarolari O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish huquqiga ega bo‘ldi.

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Joriy yilning 19-mart kunidan JAR, Eron va Gonkong fuqarolari O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar qildi.

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan 2019-yilning 19-martidan Xalqaro munosabatlar rivoji, mamlakat turizm sohasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi investitsion iqlimni yaxshilash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ushbu mamlakatlar ro‘yxatiga, shuningdek, Eron Islom Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy mintaqasi ham kiritilgan.

Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

Mazkur farmon bilan Eron, JAR va Gonkong fuqarolari O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xarid qilish sharti bilan mamlakatda yashash huquqiga ega bo‘lishadi.

Bunday chora-tadbirlar O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar oqimini oshishiga, shuningdek, jahon mamlakatlarini O‘zbekiston bilan madaniy, ilmiy, savdo-sotiq va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi aloqalarini rivojlanishiga hamda jahon hamjamiyatida mamlakat imidjini yanada oshishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0