23:02 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Zapuщen novыy mejdunarodnыy avtobusnыy marshrut Samarkand – Turkistan

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yangi xalqaro avtobus qatnovini ishga tushirdi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblasti
Turizm
Havola olish
10710

Samarqand va Turkistonni bogʻlovchi avtobus reys qatnaydigan boʻldi

TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirdi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Xabarda aytilishicha, reyslar har kuni soat 18:00 da "Oltin Oʻrda" avtovokzalidan "Samarqand" avtovokzaligacha qatnaydi.

Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida toʻxtash joylari bor.

"Marshrutni ochish Oʻzbekiston va Qozogʻistonga sayohatchilar oqimini oshishiga yordam beradi", - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning Oʻzbekistonga birinchi davlat tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari turizm, sport, madaniyat va boshqa sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirishda qatʼiy ekanliklarini tasdiqlagan edilar.

Asosiy mavzular