13:07 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Yakutsk

Dunyoning eng ekstremal shaharlari qaysi?

© AFP 2018 / MLADEN ANTONOV
Turizm
Havola olish
1163 0 0

Oymakon — Yerdagi eng sovuq joy, qariyb yuz yil ilgari bu joyda 71,2 daraja sovuq havo harorati qayd etilgan.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Dunyoning eng ekstremal shaharlari birinchi uchligiga Rossiyaning Yakutsk, Oymyakon va Verxoyansk shaharlari kiritildi. Bu haqda El Pais maʼlum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Yakutsk eng ekstremal shahar, chunki bu yerda qishda havo harorati -40 darajagacha tushadi, yozda esa 30 darajagacha koʻtariladi.

Yakutsk
© AFP 2018 / MLADEN ANTONOV
Yakutsk

Oymakon — Yerdagi eng sovuq joy, qariyb yuz yil ilgari bu joyda 71,2 daraja sovuq havo harorati qayd etilgan.

Oymyakon
© AFP 2018 / MLADEN ANTONOV
Oymyakon

Verxoyansk shahri ham oʻziga xos iqlimi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi eng past havo harorati baʼzan  -69,8 darajani, eng yuqorisi esa 37 darajani tashkil etishi mumkin.

Yakutiya
© AFP 2018 / MLADEN ANTONOV
Yakutiya

Shuningdek, Peruning La-Rinkonada aholi punkti ekstremal shaharlar roʻyxatiga kiritilgan. U dengiz sathidan 5 009 metr balandda joylashgan. Bu yerga kelish katta qiyinchiliklar tugʻdirishi reyting mualliflari tomonidan baholangan.

La-Rinkonada
© AFP 2018 / AXEL PITTET
La-Rinkonada

Meksikaning San-Luise-Rio-Kolora esa eng issiq shahar sifatida eʼtirof qilingan. Taʼkidlanishicha, u yerda havo harorati 60 darajagacha koʻtariladi.

 San-Luis-Rio-Kolorado
© AFP 2018 / GUILLERMO ARIAS
San-Luis-Rio-Kolorado

Asosiy mavzular