10:19 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Sʼyemka dostoprimechatelnostey Buxarы s vыsotы ptichyego poleta

MOda yetakchi: Oʻzbekiston musulmon-sayyohlar uchun eng jozibador mamlakatga aylandi

© Goskomturizm Uzbekistana
Turizm
Havola olish
200 0 0

Markaziy Osiyo davlatlarida musulmon-sayyohlar eng koʻp boradigan davlat nomi bu gal oʻzgardi. Oʻzbekiston bu reytingda Qozogʻistonni ortga surib, yetakchi oʻringa chiqib oldi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Oʻzbekiston musulmon-sayyohlar uchun jozibador boʻlgan davlatlar reytingidan oʻrin egalladi. CrescentRating kompaniyasi oʻz rasmiy saytida Global Muslim Travel Index tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi.

Markaziy Osiyo davlatlarida musulmon-sayyohlar eng koʻp boradigan davlat nomi bu gal oʻzgardi. Oʻzbekiston bu reytingda (22 oʻrinni) egallab Qozogʻistonni (24 oʻrin)ortga surdi va Markaziy Osiyoda yetakchi oʻringa chiqib oldi. 

25 oʻrin Ozarbayjon, 29-oʻrin Qirgʻiziston va eng oxirida, 35-oʻrin Tojikistonga nasib etgan.

Tadqiqot davomida butun dunyo boʻylab, shu jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari va boshqa davlatlarda 130 yoʻnalish tahlil qilingan.

Top-30 reytingida mamlakatlar toʻrtta global omillar boʻyicha baholanadi: ochiqlik, kommunikatsiyalar, atrof-muhit va xizmatlar. Ushbu indeks turistik soha oʻyinchilari boʻlgan davlatlar va investorlarga musulmon-sayyohlar tanlovlari borasida yordam berishga qaratilgan.

Joriy yilda IHT davlatlari orasida reyting tarixida birinchi marotaba Indoneziya mutlaq yetakchi etib, tan olingan. Singapur esa IHT davlatlari roʻyxatiga kirmaydigan mamlakatlar roʻyxatida birinchi qayd etilgan.

Ikkala mamlakatga ham reytingda 78 balldan berilgan.

Birinchi oʻntalikka Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA, Qatar, Marokash, Baxrayn, Oman va Bruney kiritilgan.

Tadqiqotga koʻra, 2018 yilda butun dunyo boʻylab 140 millionga yaqin musulmonlar, (yaʼni har oʻninchi sayyoh) sayohatga chiqqanlar. 2026 yilga kelib halol-sayyohlar soni 230 millionga yetishi, mablagʻ ekvivalentida esa bu bozor qiymati 300 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular