07:36 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
44810

Namangandagi anjumanga bir qator xorijiy OAV vakillari, jumladan, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Hindiston va Qirgʻiziston davlatlarining axborot agentlik hamda televideniyelari tashrif buyurishi koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Joriy yil 26-maydan 1-iyunga qadar Namanganda 59-marotaba "Gullar bayrami" oʻtkaziladi, deb xabar qildi ” Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Oʻtgan yil bayramda ishtirok etish uchun Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Gollandiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston singari koʻplab davlatlardan mehmonlar kelishgan boʻlsa, bu yil ham tadbirni hamkorlikda tashkil etish va tomosha qilish uchun koʻplab mutaxassislar hamda sayyohlar tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyati jamoatchiligi bilan saylovoldi uchrashuvida “Gullar bayrami”ni xalqaro miqyosga olib chiqish yuzasidan bildirgan taklifini viloyat ahli tezkor ravishda roʻyobga chiqarishdi, deyiladi xabarda.

Joriy yilda Namangan shahrining markaziy koʻchalari boʻylab "Gullar paradi" hamda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etiladigan "Namangan Flowers-2019" tadbirining dasturiga koʻra, anjuman gul bilan bezatilgan 100 dan ortiq avtomashinalar karvonining shahar koʻchalari boʻylab sayridan boshlanadi.

Bobur bogʻida gulchi-tadbirkorlar, shahardagi korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan gullar koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

Namangan Flowers-2019: nebыvalыy prazdnik tsvetov proydet v Uzbekistane

Bayramda 150 nafardan ortiq gulchi-tadbirkor, 100 dan ortiq korxona va tashkilot tomonidan gullar koʻrgazmasi namoyish etiladi. Oʻtgan yili bayramda gullardan kompozitsiyalar yaratish uchun Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻiga 3,5 million tup gul koʻchati ekilgan edi. Bu yil ularning soni 5 milliondan oshgan.

Namangandagi anjumanga bir qator xorijiy OAV vakillari, jumladan, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Hindiston va Qirgʻiziston davlatlarining axborot agentlik hamda televideniyelari tashrif buyurishi koʻzda tutilgan.

 

Asosiy mavzular