20:19 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Misr aviakompaniyasi “Toshkent – Sharm-al-Shayx” parvozlarini boshlaydi

© Almasria airlines
Turizm
Havola olish
136 0 0

12 iyundan boshlab Toshkent va Sharm-al-Shayx orasida parvozlar yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 26 may – Sputnik. Misr aviakompaniyasi Toshkentdan Sharm-al-Shayxga parvozlarni amalga oshiradi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Parvozlar Misrning AlMasriya Universal Airlines kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yangi yoʻnalish boʻyicha reyslar haftaning chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Dastlabki parvoz 12 iyugnga belgilangan. Yoʻlovchilar Airbus-320 samolyotlarida parvoz qilishadi.

Maʼlumot uchun, Misrning Sharm-al-Shayx shahri bu dunyodagi eng mashhur dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi. U yerda qishin-yoziq issiq boʻladigan qulay plyajlarda choʻmilish hamda juda chiroyli dengiz osti manzarasi va dengiz baliqlarini kuzatish imkoniyati bor.

2015 yilga qadar Rossiyalik sayyohlar orasida Sharm-al-Shayx juda ommaviy yoʻnalish edi. U yerga birgina Moskvaning oʻzidan kuniga 20dan ortiq parvozlar amalga oshirilar edi. 2015 yilning 31 oktyabrida Sinay yarim oroli ustida sodir boʻlgan fojeadan soʻng ushbu yoʻnalishda charter parvozlar amalga oshirish taʼqiqlangan edi. 

Asosiy mavzular