09:05 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
785 0 0

Oʻzbekistonliklar bilan boʻlgan janjaldan soʻng bir qancha vaqt oʻtib, Kseniya Sobchak Oʻzbekistonga tashrif buyurishga ahd qilgan koʻrinadi. Hozirda teleboshlovchi Samarqand koʻchalarida kezmoqda.

TOSHKENT, 27 may - Sputnik. Kseniya Sobchak Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda teleboshlovchi va bloger oʻzining Instagram sahifasida maʼlum qildi.

Sobchak Samarqanddagi jahonga mashhur va Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining noyob yodgorligi boʻlgan Goʻri Amir maqbarasiga tashrif buyurdi.

Kseniya Sobchak v Uzbekistane
Kseniya Sobchak v Uzbekistane

“Oʻzgacha kuch-quvvat”, - deya yozgan u.

Kseniya Sobchak v Uzbekistane
Kseniya Sobchak v Uzbekistane

Shuningdek, Kseniya Sobchak bir necha savdo rastalarini aylanib, oʻziga soʻzana xarid qildi.

Kseniya Sobchak v Uzbekistane
Kseniya Sobchak v Uzbekistane

Sobchak joylashtirgan suratlardan uning Samarqand Registonidagi noyob yodgorlik va oʻziga xos Tillaqori madrasasiga ham tashrif buyurganini payqash qiyin emas.

Rossiyalik teleboshlovchining Oʻzbekistonga nima maqsadda kelgani hozircha maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, 2017-yilda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy "Dojd" telekanalida Kseniya Sobchak bilan suhbatida oʻzbekistonliklar Pushkinni tanimasliklarini iddao qilgan edi.

Oʻzbekistonliklar esa oʻz navbatida ularning “Oʻzbekistonda hech kim Pushkinni tanimaydi”, degan soʻzlariga munosib ravishda javob qaytarishgan edi.

Internet foydalanuvchilaridan biri Kseniya Sobchak va Alekseya Navalniyni Oʻzbekistonga mehmon boʻlish kelishga taklif qilib, insonlar bu yerda qanday hayot kechirishlarini koʻrsatishini vaʼda qilgan edi.

Eh, Pushkin, Pushkin!

Ehtimol, Kseniya Sobchak maslahatlarga quloq solgan, yana kim bilsin.

Asosiy mavzular