23:41 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

IIV Oʻzbekiston yoshlarini volontyorlar safiga daʼvat qildi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Turizm
Havola olish
48210

IIV vakili Abdurashid Alisherovning aytishicha, volontyorlar safiga oliygohlarda tahsil oladigan xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirgan, muomala madaniyati yuqori boʻlgan yoshlar qoʻshilishi mumkin

TOSHKENT, 11 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston IIV Xavfsiz turizmni taʼminlash sohasiga mamlakatdagi yosh yigit-qizlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston IIV Xavfsiz turizmni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Abdurashid Alisherov maʼlum kildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

 

"Oʻtgan yili yurtimizga toʻrt million olti yuz mingdan koʻproq turistlar tashrif buyurishgan boʻlsa, bu yilning olti oyi davomida oʻtgan yilgi koʻrsatkichning 30 foizidan koʻproq turistlar kelgan. Sayyohlar soni oshib borayapti. Demak, xodimlar sonini nisbatan oshirishimiz kerak. Shu bois bizga oliygohlarda tahsil oladigan yosh yigit-qizlarni xavfsiz turizmni taʼminlash sohasiga jalb qilish huquqi berildi", - dedi Alisherov.

IIV vakilining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistondagi oliygohlarning 2-, 3-, 4-kursda tahsil olayotgan yigit-qizlar taʼtil davri (yoz)da turistik mavsum qizgʻin pallaga kirgan bir davrda jamoatchilik asosida turizm-politsiyachilari safiga qabul qilinadi.

Yoshlardan faqat chet tillarni bilish va muomala madaniyati yuqori boʻlishlik talab etiladi.

Asosiy mavzular