01:48 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Jerar Depardye Oʻzbekiston haqidagi filmda suratga tushadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Turizm
Havola olish
38611

Frantsuz kompaniyasi respublikaning madaniy va tarixiy merosi haqida film olish uchun Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Frantsiyaning "B-Tween" prodyuserlik kompaniyasi film suratga olish maqsadida Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga tashkilotchilar xabar berdi.

Hujjatli film Oʻzbekistonning madaniy, pazandalik va tarixiy anʼanalariga bagʻishlanadi. Film sʼyomkasi ishlarida taniqli frantsuz akteri Jerar Depardye qatnashadi. Ushbu loyiha "Uzbekistan Airways" MAK va Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida amalga oshirilmoqda.

"Ipak yoʻli" deb nomlangan filmda mashhur aktyor Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiladi. Loyiha rejasiga koʻra, u Toshkent, Samarqand va Buxoroni ziyorat qiladi.

Xabarda aytilishicha, ushbu film Oʻzbekistonning yorqin tashrif qogʻoziga aylanishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular