14:18 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dreamliner uzbekskix avialiniy

Oʻzbekiston Havo yoʻllari rossiyalik turistlarni Gruziyaga olib borishga bel bogʻladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Turizm
Havola olish
48510

Oʻzbekiston va Gruziya orasida toʻgʻridan–toʻgʻri parvozlar SSSR davrida boʻlgan xolos.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Rossiyalik sayyohlarni Gruziyaga olib borish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya vakiliga asosan.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari 16 iyuldan boshlab Toshkent – Tbilisi yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Ushbu parvozlar tranzit yoʻlovchilar, xususan Rossiyalik turistlar ilinjida ochilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Parvozlar haftasiga ikki marotaba A320 samolyotlarida amalga oshiriladi – seshanba va juma kunlari. Shuningdek, aviakompaniya Gruziya shaharlari orasida toʻgʻridan-toʻgʻri charter parvozlarni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" vakilining soʻzlariga koʻra, ushbu parvozlar Uzoq Sharq va Sibir oʻlkasidan Gruziyaga kelayotgan sayyohlar uchun qulay boʻlishi mumkin. Shuningdek, Oʻzbekistonda ham Gruziyaga safar qilishni istayotganlar soni koʻp.

Biroz oldin "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Gruziya hukumatiga “beshinchi erkinlik huquqi”ni soʻrab murojaat qilgani haqida xabar qilingan edi. Oʻshanda aviakompaniya bortiga yangi yoʻlovchilar olish va uchinchi mamlakatlarga yuk tashish huquqiga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Gruziyada boʻlib oʻtgan Rossiyaga qarshi mitinglardan soʻng Vladimir Putin ushbu mamlakatga turistlar yuborishni va parvozlar amalga oshirishni taʼqiqlab qoʻygan edi. Iqtisodchilar ushbu vaziyat Turizmga ixtisoslashgan Gruziya iqtisodiga katta zarar yetkazishi mumkin deyishmoqda, chunki Gruziyada har beshinchi sayyoh – rossiyalik.

Asosiy mavzular