21:36 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Buxara, starыy gorod

Yil boshidan buyon Oʻzbekistonga qancha turist keldi

Sputnik
Turizm
Havola olish
391 0 0

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi 2019 yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurganini xabar qildi.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. 2019 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston 3 034 834 nafar sayyohlarni qabul qilgan. Bu haqida Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov xabar qildi.

Ushbu matbuot anjumani Samarqandda 9-10 iyul kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan MDHning birinchi sayyohlik yarmarkasi faoliyatiga bagʻishlangan.

Akkulov aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonga 2019 yilning birinchi yarmida 2,5 million sayyoh kelishi rejalashtirilgan edi, lekin sayyohlar soni 3 million kishidan oshdi.

Eng koʻp sonli mehmonlar qoʻshni Qozogʻistondan tashrif buyurishdi – 175 ming kishi, Qirgʻizistondan – 98 ming kishi, Tojikistondan – 92 ming kishi, Turkmanistondan – salkam 42 ming kishi, Rossiyadan – 40 ming kishi.

Sayyohlar eng koʻp tashrif buyurgan oy  - may oyi boʻldi. Ushbu davrda Oʻzbekistonga 452 ming turist tashrif buyurdi. Ulardan 45 mingi – uzoq xorjiy mamlakatlardan.

Abdulaziz Akkulov aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonga yanada koʻproq sayyohlar jalb qilish maqsadida hukumat tomonidan barcha harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, vazir viza tartibi soddalashtirilganini hamda yangi mehmonxonalar qurilayotganini qayd etdi. Shuningdek Akkulov Oʻzbekistonda transport tizimi hozircha yetarli darajada rivojlanmaganini hamda chiptalar narxi ham biroz qimmatligini ham aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2025 yilga qadar sayyohlik sohasida olinayotgan daromadlarni 2 milliard dollarga yetkazishga qaror qilgan.

Asosiy mavzular