21:17 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Samarkand, mavzoley Gur Emir (Tamerlana)

Bugun Samarqandda birinchi MDH  turistik yarmarkasi boshlanadi

Mixail Genis
Turizm
Havola olish
101 0 0

Samarqandda birinchi MDH  turistik yarmarkasi - ikki kun davomida (9-10 iyul) boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Bugun Samarqandda ilk bor MDH  davlatlarning birinchi turistik yarmarkasi boshlandi, deb xabar qilmoqda  Sputnik muxbiri.

Tadbirning asosiy maqsadi – MDH mamlakatlari oʻrtasida qoʻshma turizm loyihalarni sonini orttirish, “hamkorlik va ahil qoʻshnichilik” ruhini qoʻllab-quvvatlashdir,- deyilgan rasmiy xabarda.

Shu bilan birga, mazkur tadbir dasturi “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” deb nomlangan Halqaro ilmiy-amaliy seminarni ham oʻz ichiga oladi.

Tadbir tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, MDH Ijro qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi.

Turistik yarmarkada tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hukumat organlari, diplomatik korpuslar vakillari, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro tashkilotlar, turistik biznes vakillari, shuningdek, mahalliy va chet el OAV vakillari ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, MDH turizm kengashining oldingi majlisi 2018 yilning 10-11 avgustida Dushanbeda boʻlib oʻtgan edi. Ushbu kengash  chogʻida Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi navbatdag majlisni Samarqandda oʻtkazishni taklif qilgan edi.

Asosiy mavzular