13:53 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Prezident Federatsii turizma Armenii Mexak Apresyan

Apresyan: turizmni rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish kerak

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Turizm
Havola olish
155 0 0

Armaniston Turizm federatsiyasi prezidenti Mexak Apresyan Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari bilan boʻlishdi va respublika armanistonlik sayyohlarni yanada oʻziga jalb qilishi uchun qaysi ishlarni amalga oshirish kerakligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Armaniston Turizm federatsiyasi prezidenti Mexak Apresyanning maʼlum qilishicha, Armanistonda Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Afsuski, hozircha bu sayyohlar oqimi uncha koʻp emas.

“Toshkent va Yerevan oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishini juda xohlardik. Bu mamlakatlarimiz oʻrtasidagi sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Fikrimcha, bizning ikkita asosiy vazifamiz bor: dam olishga kelayotgan fuqarolarimizning sonini oshirish hamda birgalikda sayyohlik mahsulot tayyorlash, lekin buning uchun yuqorida qayd etganimdek, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar lozim”, - dedi Mexak Apresyan Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston boy madaniy meros va turli tabiiy landshaftlarga ega, shuning uchun mehmonlarga turizmning deyarli barcha turlarini taklif qilishi mumkin.

Apresyan Armanistonda ham turizmining barcha turlari rivojlangani, gastronomik turizm yoki ekstremal sayohatni tarixiy-madaniy joylarga tashrif buyurish bilan birgalikda amalga oshirish mumkinligini taʼkidladi.

“Armanistonda turizm jadal surʼatlar bilan rivojlanmoqda, bizning ham taklif qila oladigan narsalarimiz bor, bu maʼnoda bizda hammasi yaxshi, lekin oʻzbekistonliklarsiz zerikarli”, - deya soʻzlariga yakun yasadi Apresyan.

9-10 iyul kunlari Samarqandda MDH mamlakatlari birinchi turistik yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

Armaniston vakilining soʻzlariga koʻra, bu kabi maydonlar oʻz milliy madaniyatini taqdim etish, aloqalarni oʻrnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Asosiy mavzular