14:59 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Aziz Abduxakimov

Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqdi - Aziz Abduhakimov

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Turizm
Havola olish
158 0 0

Umumjahon Sayyohlik tashkiloti maʼlumotiga koʻra Rossiyalik sayyohlar – dunyoda eng koʻp xarajat qiluvchi sayyohlardan biridir.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlarni qanday jalb qilmoqchi boʻlayotganini aytib berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Oldin rossiyaliklar ommaviy ravishda borishni yaxshi koʻrgan baʼzi hududlarga (Misr, Turkiya) sayohat qilish maʼlum sabablarga koʻra cheklangani tufayli, rossiyaliklar boshqa yoʻnalishlarni tanlamoqda, jumladana Oʻzbekistonni, - deydi Abuduhakimov.

Oldin Rossiyadan uchib kelayotgan samolyotlar mehnat migrantlari koʻp boʻlgan boʻlsa, hozir - sayyohlar bilan toʻla. Biz 26 mamlakatdan, jumladan Rossiyadan ham turistlarni jalb qilish yoʻl xaritasini ishlab chiqdik. Unda quyidagilar oʻrin olgan:  

  1. Hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Savdo – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda turizmni rivojlantirishni ham yoʻlga qoʻyish.   
  2. Maʼlumki Rossiya harbiylari va kuch ishlatish tizimlari xodimlariga uzoq xorijiy davlatlarga chiqish taʼqiqlangan. Lekin Oʻzbekiston ana shunday xodimlar ham borishi mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritilgan.
  3. Profsoyuzlar bilan ham ishlyapmiz.
  4. Biz Rossiya hudularini segmentlarga boʻlib oʻrganayapmiz. Rossiyada Oʻzbekistonga tarixiy madaniy qiziqish bilan kelayotgan sayyohlar guruhlari bor. Shuningdek Gastronomik maqsadlarda ham keluvchilar soni koʻp. Undan tashqari musulmon aholi yashaydigan hududlarda Oʻzbekistonga ziyorat maqsadida kelishni istaydigan sayyohlar bor.

Rossiyadar sayyohlar qabul qilish yoʻnalishi biz uchun ustuvor yoʻnalishlardan biri. Shuni ham aytib oʻtish kerak-ki Umumjahon Turizm tashkiloti (UNWTO) maʼlumotiga koʻra, har bir rossiyalik sayyoh oʻzi borgan mamlakatda 1600 – 1800 dollar pul xarajat qiladi. Bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatgichlardan biri, - deydi Abduhakimov.

Asosiy mavzular