09:59 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Turizm
Havola olish
370 0 0

Meksika, Markaziy Amerika va Karib havzasi davlatlari fuqarolari 30 kun vizasiz Oʻzbekiston hududida boʻlishlari mumkin.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Vizasiz rejim joriy qilingan davlatlar: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Bagam Orollari Hamdoʻstligi, Dominika Hamdoʻstligi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Yamayka.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular