06:39 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Torgovlya suvenirami dlya turistov

Madaniy meros obʼyektlari hududida faqat Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotiladi

Mixail Genis
Turizm
Havola olish
83 0 0

Prezident “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Oʻzbekistonning YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obʼyektlari va davlat muhofazasiga olingan yodgorliklari hududida faqat mamlakatda ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlari sotiladi. Bu  prezident tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, farmonga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan:

- turizm faoliyati subʼyektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSH dollari miqdorida qoplab beriladi;

- xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston hududida audiovizual mahsulotlar (kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar) yaratishdagi xarajatlarining bir qismi (“rebate”) bitta mahsulot uchun 300 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

- Oʻzbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari toʻgʻrisidagi toʻliq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

- tadbirkorlik subʼyektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yoʻnalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoxobchalarini, shuningdek, “karaoke” zallari va turistik qoʻngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi har bir loyiha uchun 10 million soʻm miqdorida qoplanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarida va umuman respublikada Xitoyda ishlab chiqarilgan esdalik sovgʻalar juda koʻpayib ketgani va tartib oʻrnatish zarurligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular