07:26 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Buxara, starыy gorod

Mehmonxona va restoranlarda 5 sentyabrga qadar chegirmalar eʼlon qilindi

Sputnik
Turizm
Havola olish
195 0 0

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 200ta mehmonxona, 100dan ortiq restoran va transport vositalarida chegirmalar eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi 5 sentyabrga qadar, mehmonxona, restoran va transport vositalarida chegirmalar eʼlon qildi.

“Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tadbirkorlik subʼyektlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan  joriy yilning 5 sentyabr kuniga qadar yurtimizdagi 200 ga yaqin joylashtirish vositalari (mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari), 80 dan ortiq transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar) hamda 110 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari (kafe, restoranlar va b.) uchun chegirmalar joriy etilganligini maʼlum qiladi”, - deyilgan xabarda.

Biroz oldin, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi 2020 yilga qadar Oʻzbekistonga vizasiz kelishi mumkin boʻlgan davlatlar soni 85taga yetishini eʼlon qildi.

 

Asosiy mavzular