08:04 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Turistы fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usыpalnitsы Tamerlana v Samarkande

Oʻzbekiston nufuzli mukofotni qoʻlga kiritishi uchun ovoz berish mumkin

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Turizm
Havola olish
27510

Mazkur mukofotni qoʻlga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega.

TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Armaniston, Tayvan, Ummon, Ruminiya hamda Oʻzbekiston “National Geographic Traveler Awards 2019” tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

“National Geographic” jurnalining Rossiyadagi versiyasiga koʻra, joriy yilda eng yaxshilar 24 nominatsiya boʻyicha saralanmoqda. Mazkur mukofotni qoʻlga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega.

Shavkat Mirziyoyev “Turizm toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi

“Yil kashfiyoti” nominatsiyasida Oʻzbekiston hozircha 22 foiz ovoz olib, 43 foiz ovozga ega Armanistondan keyin ikkinchi oʻrinda kelmoqda.

Uzbekistan uchavstuyet v konkurse National Geographic Traveler Awards 2019 v nominatsii Otkrыtiye goda
Uzbekistan uchavstuyet v konkurse National Geographic Traveler Awards 2019 v nominatsii "Otkrыtiye goda"

Ovoz berish jarayoni 12 oktyabrga qadar davom etadi. Oʻzbekiston turizmining jahon sahnida yuksalishiga oʻz hissangizni qoʻshishingiz va uning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻlishi uchun quyidagi havola orqali ovoz berishingiz mumkin.

Ura hayqiriqlari ostida yoʻqolgan Iskandariya butun dunyoga taqdim etildi

Eslatib oʻtamiz, “National Geographic Traveler Awards” ning oʻtgan yilgi tanlovida Oʻzbekiston “Gastronomik turizm” yoʻnalishida gʻolib sifatida eʼtirof etilgan edi.

Asosiy mavzular