TopGear va National Geographic O‘zbekistonni yanada mashhur qilishga yordam beradi

© Goskomturizm RUzMejdunarodniy festival "Volshebstvo tansa" sostoitsya v komplekse "Ichan Kala" v Xive s 7 po 9-sentabrya
Mejdunarodniy festival Volshebstvo tansa sostoitsya v komplekse Ichan Kala v Xive s 7 po 9-sentabrya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston imijini shakllantirish hamda uning jahon bozorida tanilishini oshirish maqsadida «TopGear», «Vokrug Sveta”, «NationalGeographic» kabi mashhur platformalar bilan hamkorlikda ishlash rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Dunyoning eng mashhur media brendlari O‘zbekistonning turistik targ‘ibotiga jalb qilinadi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

O‘zbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash hamda ularni dunyoning mashhur telekanallarida namoyish qilish maqsadida «TopGear», «VokrugSveta”, «NationalGeographic» kabi taniqli telekanal va ko‘rsatuvlar vakillarini yurtimizga jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Prezident Federatsii turizma Armenii Mexak Apresan - Sputnik O‘zbekiston
Apresan: turizmni rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish kerak

Axborot resurslaridan foydalanish imkoni esa mamlakatning har qanday sohasini rivojlantirishda muvaffaqiyatli misol bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu xizmatdan turizm sektori uchun foydalanish zaruratini qayd etish muhim ahamiyatga ega, zero axborot yordamida mamlakatning sayyohlik salohiyatini ham og‘zaki, ham vizual, ham yozma yetkazish mumkin.

Axborot bozoridan foydalangan holda, mamlakat turistik salohiyatini tezkor sur’atlarda oshirish mumkin, bu ayniqsa turistik reklama maqsadiga yetishish uchun muhim. Shu munosabat bilan O‘zbekiston imijini shakllantirish hamda uning jahon bozorida tanilishini oshirish maqsadida «TopGear», «Vokrug Sveta”, «NationalGeographic» kabi mashhur platformalar bilan hamkorlikda ishlash va O‘zbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash mamlakat turistik salohiyati targ‘ibotida samarali yondashuv hisoblanadi.

Reklamaning ushbu turi har doim axborot maydonining bir qismi bo‘lib qoladi va bu oxir-oqibat turli platformalardan (televizorlar, planshetlar, kompyuterlar va h.k.) tomosha qiluvchi auditoriyaning yuqori qamroviga olib keladi, deyilgan xabarda.  

 

Yangiliklar lentasi
0