12:30 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Kanatnaya doroga

Samarqandda uzunligi 5,5 kilometr boʻlgan osma yoʻl loyihasi taqdim etildi

© Commons.wikimedia / Kober
Turizm
Havola olish
26720

Italiya kompaniyasi Samarqand markazidan oʻtuvchiosma yoʻl loyihasini taqdim etdi. Osma yoʻl shahar markazidan oʻtgan boʻlib, unda 3ta bekat boʻladi.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. Transport vaziri Ochilboy Ramatov va viloyat hokimi Erkinjon Turdimovlarga 17 sentyabr kuni taqdim etilgan loyihaga koʻra, Samarqandda osma koʻprik qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Zarafshon nashri xabar qilmoqda.

V Samarkande predstavili proyekt kanatnoy dorogi
V Samarkande predstavili proyekt kanatnoy dorogi

Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, osma yoʻl uzunligi oʻrtacha 5,5 kilometrni tashkil etadi. Osma yoʻl Samarqandning qadimiy va mashhur yodgorliklari hamda Afrosiyob qadimiy shahar qoldiqlari ustidan oʻtadi.

Osma yoʻlda uchta stantsiya mavjud boʻladi, kabinalar soni 90 boʻlishi, harakat tezligi 22 km/soat boʻlishi aytib oʻtilgan. Kabinada sayr qilish narxi – 3ming soʻm boʻlishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha sohaning yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlgan Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Asosiy mavzular