Toshkent Nur-Sultonda shahar turizmini muhokama qiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil Yandex Taxi
Avtomobil Yandex Taxi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahar turizmi bo‘yicha sammit “aqlli shahar” konsepsiyasi hamda “aqlli shaharlar”ni rivojlantirish masalasida dunyoda uchrayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Poytaxt hokimligi delegatsiyasi BMT Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO)ning shahar turizmi bo‘yicha “Aqlli shaharlar, aqlli manzillar” 8-global sammitida ishtirok etmoqda.

Sammit Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida 9-12 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

“Shahar turizmi bo‘yicha sammit “aqlli shahar” konsepsiyasi hamda “aqlli shaharlar”ni rivojlantirish masalasida dunyoda uchrayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan”, - deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Ta’kidlanishicha, sammit doirasida mavzuga oid suhbatlar, shaharlarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, turizm va boshqa mavzulardagi muhokamalarni hamda majlislarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0