12:07 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Turistы progulivayutsya v Samarkande, Uzbekistan

Vazirlik xorijiy turistlar avtobusining 2 soat yoqilgʻisiz qolib ketganiga izoh berdi

CC BY 2.0 / Fulvio Spada / Shah-i-Zinda, Samarkand
Turizm
Havola olish
231 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand-Qarshi trassasida Koson yoqilgʻi quyish shoxobchasida transport vositasiga dizel yoqilgʻisini quyish bilan bogʻliq muammo tugʻilgani tufayli xorijiy turistlar avtobusining 2 soatga kechiktirilgani haqida xabar tarqaldi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan Samarqand-Qarshi trassasida Koson yoqilgʻi quyish shoxobchasida transport vositasiga dizel yoqilgʻisini quyish bilan bogʻliq muammo tugʻilgani tufayli xorijiy turistlar avtobusining 2 soatga kechiktirilgani haqidagi xabar yuzasidan Energetika vazirligi izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston yoqilgʻini xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga, shu jumladan, AYOQShlarga sotishda bozor munosabatlariga amal qiladi. Hozirgi paytda ushbu dizel yoqilgʻisini sotish birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Bunda bozor tamoyiliga amal qilinadi – birjadagi narx haqiqiy ehtiyojni koʻrsatadi.

“Dotatsiyalangan taqsimot davri tugamoqda. Demak, AYOQSH mutlaqo mustaqil xoʻjalik yurituvchi subʼyekt, ayni paytda tijoriy subʼyekt sifatida mijozga oʻz vaqtida (yaʼni – darhol) yoqilgʻi sotish va natijada qancha foyda olish masalasini oʻzi hal qiladi. Tijoriy subʼyektlarning aksariyati oʻz bozoridagi konʼyunkturani, bu oʻrinda – mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun yoqilgʻi hajmini yaxshi bilgani tufayli daromad oladi va rivojlana boradi. AYOQShdagi holatga kelsak, turistik avtobus haydovchisi yoqilgʻi quyishni istagan, ammo bu AYOQShda barcha holatlar eʼtiborga olinmagan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, shu yilning sentyabrida 45,4 ming tonna dizel yoqilgʻisi birjaga qoʻyilgan. Shundan 14,6 ming tonnasi sotilgan, yaʼni taklif talabdan ortiq boʻlgan. Bunda qandaydir yetkazib berilmaslik haqida gap boʻlishi mumkin emas.

Bu jarayonda mamlakatdagi barcha yuridik shaxslar, shu jumladan, turistik firmalar oʻz ehtiyojlari uchun toʻsiqsiz dizel yoqilgʻisini sotib olishi mumkin. Ammo bunda yangiliklardan foydalanishni ham oʻrganish zarurdir.

Xabarda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turistik avtobus ushbu AYOQSH shoxobchasiga sayyohlar qoʻshimcha obʼyektlarni koʻrish istagini bildirgani tufayli kelgani qoʻshimcha qilingan. Ammo har qanday holatda sayyohlarga toʻlaqonli xizmatlar koʻrsatilish uchun javobgarlik turni tashkil qilgan turistik kompaniya zimmasida ekanligi aytilgan.

Asosiy mavzular