08:13 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakatlarga sayohat qiladi?

© Sputnik / Nina Zotina
Turizm
Havola olish
454 0 0

Oʻzbekistondan xorijga uchishning eng mashhur marshrutlar oʻntaligi aniqlandi. Eng talabgor yoʻnalish - Moskva. Sabablar qatorida bu yerdan Yevropa yoʻnalishlari boʻylab sayohat qilish uchun keng imkoniyatlar koʻrsatilmoqda.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Oʻzbekistondan xorijga uchishning eng ommabop marshrutlar oʻntaligi aniqlandi. Joriy yil boshidan aviachiptalarning bron qilinishi boʻyicha maʼlumotlar Aviasales.com turistik izlash tizimi tahlilchilari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Eng talabgor yoʻnalish Moskva boʻlib, bu yerga Toshkentdan uchish oʻrtacha 2,9 million soʻmga tushadi. Qayd etish kerakki, Rossiya poytaxti, boshqa omillar qatorida, Toshkentga eng yaqin transport xabi boʻlib ham xizmat qiladi. Oʻzbekistonlik sayyohlar bu yerdan Yevropa sari yoʻl olishlariga imkoniyatlar keng.

Oʻzbekistondan kelayotgan mehmonlar soni boʻyicha reytingda ikkinchi oʻrinda, aviachiptalar narxi qimmat (oʻrtacha 6 million soʻm) boʻlishiga qaramasdan,  Seul shahri joy topgan.

Borib-kelish chiptasi 1,9 million soʻmga teng Olmaotaga boʻlgan marshrut esa eng arzon yoʻnalishlardan deb topildi.

Ayni paytda, oʻzbekistonliklar Sankt-Peterburg shahriga ham tez-tez uchayotganligi aniqlanib, bu yerga chiptani 3,8 million soʻmga xarid qilish mumkin.

Boshqa ommabop yoʻnalish - Bosfor koʻrfazida joylashgan Istambul shahri. Toshkentdan turk megapolisiga 4,6 million soʻmga uchish imkoniyati mavjud.

Sayyohlar orasida Qozon va Dubay shaharlari ham katta talabga ega. Ikkala shaharga narxlar teng boʻlib, aviachiptalar 3,6 million soʻmga olinishi mumkin.

Boshqa qimmat boʻlmagan va shu bilan birga, oʻzbekistonlik sayyohlar orasida mashhur boʻlgan yoʻnalish – Nur-Sulton shahri. Bu yerga uchish oʻrtacha 2,2 million soʻmga tushadi.

Top-oʻntalikning soʻnggi ikki oʻrnida Kiyev va Pekin joy egallab, chiptalar narxi 5 million va mos ravishda 6 million soʻmga tengligi aniqlandi.

Asosiy mavzular