08:52 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Airbus postavil pervыy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari

Milliy aviatashuvchi daromadlarini tijorat banklariga topshiradi

Uzbekiston xavo yullari
Turizm
Havola olish
277 0 0

Uzbekistan Airways AJning xorijdagi faoliyatidan tushgan barcha kirim mablagʻlari 2020 yil 1 yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston tijorat banklari hisoblariga majburiy ravishda oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasi qabul qilgan qaroriga muvofiq, Uzbekistan Airways AJ vakolatxonalarining chet elda ochilgan hisoblarini kelgusida tartibga solish nazarda tutilgan, xabar qiladi Adliya vazirligi.

Hujjatga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan Uzbekistan Airways AJ xorijdagi vakolatxonalarining butun kirim mablagʻlari (vakolatxonaning faoliyati bilan bogʻliq harajatlar bundan mustasno) majburiy ravishda Oʻzbekistonning tijorat banklari hisoblariga kelib tushadi.

Qolaversa, milliy aviatashuvchi vakolatxonalarining faoliyatida qoʻllaniladigan harajatlar Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Asosiy mavzular