05:16 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Turizm
Havola olish
28230

Lonely Planet navbatdagi Best in Travel sayyohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Lonely Planet navbatdagi Best in Travel sayyohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingini eʼlon qildi.

Reyting 4 ta (10 ta davlat, hudud, shahar va eng foydali taklif) toifaga boʻlingan.

Hududlar toifasi boʻyicha birinchi oʻrinni Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hududidan oʻtgan - Buyuk ipak yoʻliga berildi.

Nashr yozishicha, bu hududlar sayyohlar orasida tobora koʻproq qiziqish uygʻotmoqda va Ipak yoʻli orqali elektron viza yoki umuman vizasiz oʻtish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzolagandi. Hujjat bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Vizasiz rejim joriy qilingan davlatlar: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Bagam Orollari Hamdoʻstligi, Dominika Hamdoʻstligi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Yamayka.

Asosiy mavzular