09:18 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ulugbek Kasimxodjayev

Qosimxodjayev: maqsadimiz - Orolboʻyini Las-Vegasga aylantirish

Goskomturizm Uzbekistana
Turizm
Havola olish
43600

Oʻzbekiston Davlat turizm qoʻmitasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Qosimxodjayev Orolboʻyida dam olish zonasini rivojlantirishdagi muhim ustuvorliklar xususida gapirdi

Hukumat qattiq iqlimga ega bu regionda ekstremal va ekologik turizmni rivojlantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Turizmning bu turlari Qoraqalpogʻiston mehmonlari orasida allaqachon shuhrat qozonishga ulgurgan.

"Marshrutlar allaqachon yoʻlga qoʻyilgan, bunda turistlar guruhi jiplarda kanonlar tomon yoʻl oladi, u yerda oʻtovlarda tunaydi va ertasi kuni ortga qaytadi. Ekstremal turizmni ilm olishga xizmat qiluvchi turizm bilan uygʻunlashtirish mumkin - Qoraqalpogʻistonda 20dan ortiq tarixiy yodgorliklar bor. Yana bir yoʻnalish hunarmandchilik shaharlari boʻlib, u yerlarda ajdodlar anʼanalari boʻyicha ishlayotgan ustalar bilan tanishish mumkin", — deya taʼkidladi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida Nukusda boʻlib oʻtayotgan "Orolboʻyi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" xalqaro anjumani doirasida Ulugʻbek Qosimxodjayev.

Regionga chet ellik mehmonlarni ohanrabodek tortuvchi joylardan biri sifatida Savitskiy nomidagi milliy sanʼat muzeyi xizmat qilishi mumkin.

"Umuman olganda biz Orolboʻyi hududidan Silikon vodiysi va Las-Vegas simbiozini yaratishni maqsad qilib qoʻyganmiz. Biz Rossiya, arab davlatlari, Turkiya va Oʻrtayer dengizi hududlaridan turistlarni jalb qilishga eʼtibor qaratmoqdamiz", - dedi Davlat turizm qoʻmitasi vakili.

Izohni toʻlaligicha bizning radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular