09:15 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mejdunarodnaya turisticheskaya yarmarka v Tashkente

"Ipak yoʻlidagi turizm" Xalqaro yarmarkasi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Turizm
Havola olish
107 0 0

Yarmarka doirasida ishtirokchilar Sharq bozori, “Ipak yoʻli mazasi” milliy taomlar festivali, Oʻzbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivalining taqdimoti kabi tadbirlardan bahramand boʻlishadi.

TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Joriy yil 13-15 noyabr kunlari Toshkentda “Oʻzekspomarkaz”da “Ipak yoʻlidagi turizm” 25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi  oʻtkazilishi kutilmoqda.

Tadbir “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma majmuasida milliy va xalqaro darajadagi ikkita pavilonda oʻrin oladi. Birinchi pavilonda respublika mintaqalarining milliy madaniyati va sayyohlik salohiyatining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi stendlar boʻlsa, ikkinchisida – xalqaro transport kompaniyalari, davlat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar, Oʻzbekiston va undan tashqarida joylashgan turistik va kurort joylar stendlari namoyish qilinadi.

Yarmarka doirasida ishtirokchilar Sharq bozori, “Ipak yoʻli mazasi” milliy taomlar festivali, Oʻzbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivalining taqdimoti, hunarmandlar uchun mahorat darslari va mahsulotlar koʻrgazmasi, Oʻzbekiston va Rossiya birinchi sayyohlik forumi va shu kabi boshqa tadbirlardan bahramand boʻlishadi.

Koʻrgazmaning ishchi qismida ham Oʻzbekistonning, ham xorijiy mamlakatlarning turistik yoʻnalishlariga bagʻishlangan bir qator taqdimotlar boʻlib oʻtadi. “Turizm sohasidagi innovatsiyalar”, “Turizm sohasidagi tadbirkorlik subʼyektlariga beriladigan imtiyoz va preferentsiyalar” mavzularidagi taqdimotlar, “Oʻzbekistonning rasmiy yoʻl koʻrsatkichi” mobil ilovasining taqdimotlari va boshqalar shular jumlasidandir.

Turizm xizmatlari eksporti 1 milliard dollardan oshdi – Akkulov

Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – “Ipak yoʻlidagi turizm” – Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasining turistik sanoatidagi eng yorqin, eng yirik tadbir.

Yarmarka 1995 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti rasmiy koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Har yili koʻrgazmada dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasidagi mutaxassislar toʻplanadi.

Asosiy mavzular