09:32 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Izobiliye razlichnыx fontanov na territorii Tashkent-Siti

Oʻn oy ichida Toshkentga kelgan sayyohlar soni maʼlum qilindi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Turizm
Havola olish
365 0 0

Joriy yilning yanvar oyidan oktyabr oyigacha boʻlgan davr ichida Toshkent shahriga kelgan sayyohlar oqimi 42% ga oʻsdi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. 2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida Toshkentga 498 731 nafar sayyoh tashrif buyurdi. Oʻtgan yilga qaraganda sayyohlar oqimi 42% ga oʻsdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, avval xorijiy turistlar Toshkentga asosan turistik mavsumda kelgan boʻlsa, hozirda bu vaziyat tubdan oʻzgargan.

Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti mutasaddilarining soʻzlariga koʻra, oʻrtacha hisobda sayyohlar Toshkentda 2 kunga qolishadi.

Hozir departament ularning Toshkentda 3-4 kun qolishi uchun harakat qilmoqda. Buning uchun hokimlik yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqmoqda hamda turistik tashkilot va operatorlarga Toshkentni oʻz marshrutlariga kiritishni har oy taklif qilib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda turizm sohasini takomillashtirish borasida koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakat vizasiz mamlakatlar roʻyxatini kengaytirdi. Prezident Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qildi. Maʼlum qilinishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni toʻla-toʻkis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi. Bundan tashqari, mamlakatda turizmga bagʻishlangan turli xalqaro festival va yarmarkalar boʻlib oʻtmoqda. Shuningdek, turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berilgan. 

Asosiy mavzular