Samarqandda “Turizm va ta’lim” xalqaro konferensiyasi boshlandi

© Goskomturizm"Turizm i obrazovanie" - konferensiya v Samarkande
Turizm i obrazovanie - konferensiya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda 10dan ortiq mamlakatlardan kelgan ekspertlar O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha maslahatlashadilar.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Samarqandda  “Turizm va ta’lim: ularning o‘zaro ta’sir va rivojlanish yo‘llari” mavzucida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

Ilmiy – amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi, xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda turizm sohasida malakali kadrlar yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir, - deyilgan xabarda.

Tadbirda Singapur, Mo‘g‘uliston, Bosniya va Gersegovina, Pokiston, Portugaliya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Polsha, Qirg‘izistondan tashrif buyurgan turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi ilg‘or mutaxassis va olimlar, shuningdek mahalliy turistik industriya hamda yetakchi OAV vakillari ishtirok etishmoqda.  

Anjuman Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish  instituti hamda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti hamkorligida tashkil qilingan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi  yillarda turizm jahon iqtisodiyotining yetakchi sohalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan Jahon YaIMining 10,5 %, savdo xizmatlarining 30 %i va investitsiyalarning 7% aynan shu sohaga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklar lentasi
0