15:41 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Torjestvennыe meropriyatii po sluchayu prazdnika Navruz v Tashkente

Oʻzbekiston nufuzli mukofotni qoʻlga kiritdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Turizm
Havola olish
434 0 0

Mazkur mukofotni qoʻlga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega. Onlayn ovoz berish yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston 40 foiz ovoz toʻplagan.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Oʻzbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar qildi.

Onlayn ovoz berish yakunlariga koʻra, tanlovning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida Oʻzbekiston 40 foiz ovoz toʻplagan. Shuningdek, ushbu nominatsiyada gʻoliblik uchun Armaniston, Ummon, Tayvan hamda Ruminiya davlatlari kurash olib borgan.

Mukofotni topshirish marosimi Moskvada oʻtkazildi. Mukofot tantanali ravishda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovga topshirildi.

Uzbekistan poluchil premiyu National Geographic Traveler Awards 2019
Oʻzbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻldi

Taʼkidlash joizki, oʻtgan yili xuddi shu tanlovda Oʻzbekiston “Gastronomik turizm” nominatsiyasida birinchi oʻrinni egallagan edi. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Divo Eurasia” foto, video va animatsiya III Xalqaro turistik festivalida Oʻzbekiston ikki nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgani xabar qilgangan edi.

Mavzu boʻyicha

Oʻzbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi
Oʻzbekiston nufuzli mukofotni qoʻlga kiritishi uchun ovoz berish mumkin
TopGear va National Geographic Oʻzbekistonni yanada mashhur qilishga yordam beradi
Teglar:
mukofot, National Geographic Traveler, turizm, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular