00:55 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Turizm
Havola olish
260 0 0

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston yoshlarni ichki turizmga jalb qilishda ulkan salohiyatga ega. Bugunga kelib mamlakatda jami 10 915 koʻngilochar maskan va turistik obʼyekt faoliyat koʻrsatmoqda.

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston 2023 yilga borib xorijiy yosh sayyohlar sonini 3,3 millionga yetkazmoqchi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulovning Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida Oʻzbekiston yoshlari bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, 2019 yil mobaynida xorijdagi 4000 dan ortiq yoshlar targʻibotga jalb etilgan. Ular bilan hamkorlikda 100 dan ortiq tadbir oʻtkazilib, 60 000 dan ortiq targʻibot materiallari tarqatilgan.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston yoshlarni ichki turizmga jalb qilishda ulkan salohiyatga ega. Bugunga kelib mamlakatda jami 10 915 koʻngilochar maskan va turistik obʼyekt faoliyat koʻrsatmoqda. 2020 yilda respublika miqyosida 122 ta tadbir oʻtkazilishi va ularda asosan yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida Jamoat tashkilotlari va chet eldagi diasporalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Oʻtkir Saidov yigʻilganlarning eʼtiborini Yoshlar turizmini rivojlantirish kontseptsiyasiga qaratdi. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda Yoshlar turizmini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqilgan va shu asosda ishlangan loyihalarni amalga oshirish natijasida 2020-2025 yillarda mamlakatda yoshlar turizmini rivojlantirishga oid maqsadli koʻrsatkichlar belgilab olingan.

“Jumladan, xorijiy yosh sayyohlar sonini 1,3 milliondan 2020 yilda 2,2 millionga, 2023 yilga 3,3 millionga, ichki turizm boʻyicha yosh sayyohlar tashrifi sonini 8,1 milliondan 2020 yilda 10 millionga, 2023 yilda esa 13,6 millionga yetkazish, 2020 yilda - 20 ta, 2023 yilda 60 ta xalqaro darajadagi tadbir oʻtkazish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabar. 

Uchrashuvda yoshlarning turizmga doir yangi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, sohada kadrlar salohiyatini rivojlantirishga oid maʼlumotlar taqdim etildi.

Asosiy mavzular