10:21 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
290 0 0

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tadbiri Qoraqalpogʻiston madaniy-tarixiy obʼyektlarini qayta tiklash va barchaga namoyish etishga yoʻnaltirilgan. 

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Qoraqalpogʻistonda “Ellikqalʼa — turizm oʻchogʻi” nomli xalqaro anjumani oʻtkaziladi. Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlum qilmoqda. 

Anjuman Qoraqalpogʻistonning madaniy-tarixiy obʼyektlarini asrash, ularni rekonstruktsiya qilish, qayta tiklash va koʻp asrga ega tarixni barchaga, jumladan Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga namoyish etishga yoʻnaltirilgan. 

Tadbir doirasida hududning madaniy-tarixiy obidalari namoyish etilib, ularning ahamiyati haqida soʻz yuritiladi.

Qayd etilishicha, xalqaro ilmiy, iqtisodiy va madaniy-taʼlim anjumani joriy yilning 22 yanvar kuni, Qoraqalpogʻiston Respublikasining “Ellikqalʼa” tumanida oʻtkaziladi.

 

Asosiy mavzular