10:31 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
355 0 0

Birlashgan arab amirligi Ittihad International Investment LLC kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasini 16,9 milliard soʻmga sotib oldi.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Birlashgan arab amirligi Ittihad International Investment LLC xususiy sarmoya kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasini 16,9 milliard soʻmga sotib oldi.

Auktsion savdolari 10 soat davom etdi.

“Xaridor ikki yil ichida kamida 25 million kiritishi va 150 yangi ish oʻrinlarini tashkil qilishi zarur. Mehmonxona kamida 3 yulduzli boʻlishi kerak”, - deyilgan xabarda.

Yangi xaridor 10 yil davomida asosiy ish faoliyatini (mehmonxona xizmati) amalga oshirishi shart.

Eslatib oʻtamiz, “Chorsu” mehmonxonasi 2019 yil sentyabrda savdoga qoʻyilgandi. 

Uzoq vaqt davomida ishbilarmon Axmet Demir oʻzining investitsion majburiyatlarini bajarmadi.

2 iyulda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi mehmonxona sotib olish shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qilgandi.

Demir Group kompaniyasi mehmonxonasini nol qiymatda sotib olgandi. Shartnoma boʻyicha obʼyektga kiritilishi lozim boʻlgan investitsiyalar miqdor 33 million dollar boʻlgan.

Asosiy mavzular