05:19 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Turizm
Havola olish
73 0 0

Oʻzbekistonga turizm maqsadida kelayotgan Yaponiya fuqarolari uchnu 90 kunlik vizasiz rejim amal qilmaydi.

TOSHKENT, 4 mar – Sputnik. Oʻzbekistonda 1 martdan boshlab Yaponiya diplomatik va rasmiy pasport egalari uchun 90 kunlik vizasiz rejim belgilandi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 115-sonli qarorida aytib oʻtilgan.

“2020 yil 1 martdan boshlab  diplomatik yoki rasmiy pasport egalari boʻlgan Yaponiya fuqarolari diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish hamda Yaponiya Hukumatining vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan maqsadlarda 90 kungacha Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilansin”, - deyilgan qarorda.

Ushbu qaror jumladan diplomatlarning oila aʼzolariga ham taaluqlidir.

Vizasiz kirish tartibi Yaponiyadan Oʻzbekistonga mehnat, kasbiy, doimiy yashash yoki turizm maqsadida kelayotgan fuqarolar uchun amal qilmaydi.

“Vizasiz kirish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasiga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni (shu jumladan, turizm va mukofotlanadigan sport tadbirlari) amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi”, - deyilgan qarorda.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda umumfuqaro pasportlari bilan Oʻzbekistonga kelayotgan Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim amal qilmoqda

Asosiy mavzular