20:17 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
280 0 0

Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qoʻshdi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uilerning soʻzlariga koʻra, “kattaligi Ispaniyadek keladigan bu davlat, oʻzidan nur va ajib goʻzallikni taratib turadi. Zamonaviy Oʻzbekistonda Buyuk Ipak yoʻlining uch buyuk shahri (Buxoro, Xiva va Samarqand) va Tyan-Shan togʻ massivi joylashgan”.

Oʻzbekistondan tashqari ushbu roʻyxatga Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Moʻgʻuliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar kiritilgan.

Nashrda taʼkidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan, shu bilan birga, u yerlarda koʻrish mumkin boʻlgan joylar talaygina. 

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular