20:57 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
154 0 0

12-16 mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boʻylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirilgan.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda “Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari nomaʼlum muddatga kechiktirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 12-16 mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boʻylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirilgan.

Avvalroq Oʻzbekiston hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha toʻxtatilgan edi. Ushbu choralar koʻzlangan yangi koronavirus epidemiyasini Oʻzbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligining taʼkidlanishicha, bugungi kun holatiga koʻra, Oʻzbekiston hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. 

COVID-19

2020 yilning 11 mart holatiga koʻra, dunyo boʻyicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 119 mingdan oshgan. Koronavirus 100 dan ziyod mamlakatda qayd etilgan. Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 4292 kishi vafot etgan va 66 mingdan ziyod kishi esa tuzalib ketgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular